Бош саҳифа“Huquq bilimdonlari-2016” tanlovi boshlandi

“Huquq bilimdonlari-2016” tanlovi boshlandi

O'quvchilarning huquqiy bilimlari va madaniyatini yanada oshirish, yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi hamda milliy istiqlol g'oyalarini o'quvchi-yoshlar ongiga singdirish orqali ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini va huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi qabul qilingan edi.

Mazkur dastur ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Adliya, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi hamda ularning hududiy bo'linmalari bilan hamkorlikda joriy yilning mart-may oylari davomida umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida uch bosqichli “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovi o'tkazilmoqda.

 

1-bosqich: tuman (shahar) bosqichi - barcha umumiy o'rta ta'lim maktablari jamoalari ishtirokida joriy yilning 1-10 aprel` kunlari:
2-bosqich: hududiy bosqich – hududdagi barcha tuman (shahar) jamoasi ishtirokida joriy yilning 20-30 aprel` kunlari:
3-bosqich: Respublika bosqichi – barcha hududlar jamoalari ishtirokida joriy yil 13-14 may kunlari Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida o'tkaziladi.

Joriy yilda mazkur tanlovning ommaviyligini oshirish maqsadida umumta'lim maktablarida 1-20 mart kunlari 8-9-sinf o'quvchilari o'rtasida saralash bosqichi o'tkaziladi va tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limlariga taqdim etiladi. Maktabning davlat va huquq asoslari fani o'qituvchisi jamoaga rahbar sifatida biriktiriladi va jamoa tanlovlarda mazkur o'qituvchi kuzatuvida ishtirok etadi.


Tanlovning maktablarda o'tkaziladigan saralash bosqichi quyidagi tartibda tashkil etiladi.
– har bir sinfda sinf rahbari mas'ulligida 5 nafar o'quvchidan iborat sinf jamoasi shakllantiriladi;
– sinflar jamoalari o'rtasidagi maktab saralash bosqichi davlat va huquq asoslari fani o'qituvchisi mas'ulligida tashkil etiladi;
– saralash bosqichi 3 ta shart (test savollari – 10 ta, 15 daqiqa, huquqiy savodxonlik – 3 ta savol, 15 daqiqa hamda erkin mavzuda sahna ko'rinishi – 10 daqiqa) bo'yicha o'tkaziladi;
– testlar va savollar davlat va huquq asoslari fani o'qituvchisi tomonidan tuziladi va maxfiyligi ta'minlanadi;
– saralash bosqichida faol qatnashgan o'quvchilardan maktab jamoasi (5 nafar o'quvchi) shakllantiriladi va mazkur jamoa davlat va huquq asoslari fani o'qituvchisi rahbarligida maktab nomidan tanlovning tuman (shahar) bosqichida ishtirok etadi;
– maktab jamoasi turli sinf o'quvchilaridan yoki bitta sinf o'quvchilaridan tarkib topishi mumkin.

Tuman (shahar) jamoasi - tanlovning tuman (shahar) bosqichida 1-, 2-, 3-o'rinlarni olgan maktab jamoalari tarkibidan tanlovning tuman (shahar) bosqichi hakamlar hay'atining tavsiyalari asosida tuziladi va mazkur jamoa tanlovning hududiy bosqichida tuman (shahar) jamoasi sifatida ishtirok etadi.


Hudud jamoasi - tanlovning hududiy bosqichida 1-, 2-, 3-o'rinlarni olgan tuman (shahar) jamoalari ishtirokchilari tarkibidan tanlovning hududiy bosqich hakamlar hay'atining tavsiyalari asosida tuziladi va mazkur jamoa tanlovning respublika bosqichida hudud jamoasi sifatida ishtirok etadi.


Tanlov ishtirokchilari 100 ballik tizimda hakamlar hay'ati tomonidan test sinovlari, huquqiy bilimdonlik, sahna ko'rinishi orqali baholanadi.


Tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlari faol ishtirok etgan va g'olib bo'lgan ishtirokchilar joylardagi tegishli xalq ta'limi boshqaruv organlari tomonidan respublika bosqichi g'oliblari esa Xalq ta'limi vazirligining diplomlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar. 

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

Manzil

Namangan shahri, Do'stlik shox ko'chasi, 3-kichik tuman, 160115

(8-369) 232-61-15

 (8-369) 232-19-84

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Statistika