NAMANGANDAGI 46-UMUMTA’LIM MAKTABIDA “SENATOR STIPENDIYASI” JORIY ETILADI






NAMANGANDAGI 46-UMUMTA’LIM MAKTABIDA “SENATOR STIPENDIYASI” JORIY ETILADI 0





NAMANGANDAGI 46-UMUMTA’LIM MAKTABIDA “SENATOR STIPENDIYASI” JORIY ETILADI

O‘quvchi-yoshlarni ilm-ma’rifat sari ishtiyoqqa undab, rag‘bat bag‘ishlash muvaffaqiyatlarga poydevor bo‘ladi.

Namangan shahridagi 46-umumta’lim maktabida ana shu maqsadda xayrli tashabbus sari qadam qo‘yildi. Ilm maskanida bo‘lib o‘tgan “Senator va yoshlar” uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi , xotin-qizlar va gender tengligi masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Nosirbek Abdullaxanov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Rustamjon Israilov, xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Shamsiddin Qayumov va boshqa qator mutassaddilar ishtirok etdilar. 

750 nafar yoshlar tahsil olayotgan ilm maskanida tashkil etilgan tadbirda yuqori sinf o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun kimyo, biologiya, ingliz tili, matematika hamda fizika fanlaridan maxsus chuqurlashtirilgan to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mashg‘ulotlarni oliy toifali mutaxassislar tomonidan olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi. Ertangi kunimiz egalarini oliy ta’lim muassasalariga qamrab olishdek ezgu maqsadga qaratilgan uchrashuvda Oliy Majlis Senati a’zosi Nosirbek Abdullaxanov ta’lim dargohida tahsil olayotgan eng namunali, ilmu iqtidorli va salohiyatli o‘quvchilarning 10 nafariga tanlov asosida har oyda 250 ming so‘mdan stipendiya joriy etish tashabbusini bildirdi.

Tadbirda yoshlarni ilm-ma’rifat cho‘qqilari sari yetaklashda ibrat va namuna ko‘rsatayotgan, katta tajribaga ega bo‘lgan ustozlarning ikki nafariga televizorlar sovg‘a qilindi.

Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

08:03

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING