​NAMANGANDAGI USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI RЕSPUBLIKA BO‘YLAB OMMALASHTIRILADI






​NAMANGANDAGI USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI RЕSPUBLIKA BO‘YLAB OMMALASHTIRILADI 0





NAMANGANDAGI USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI RЕSPUBLIKA BO‘YLAB OMMALASHTIRILADI

Ustoz-shogird an’anasi va yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish ular kamolida, kelajakda yaxshi kasb-hunar egasi bo‘lib, jamiyatda munosib o‘rin topishida muhim ahamiyatga ega.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori Liliya Gaynutdinova, Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish va metodik ta’minot bo‘lim boshlig‘i X. Foziljanov, deviant xulqli bolalar bilan ishlash sho‘’basi mudiri M. Muzaffarovlar ishtirokida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘’basi bilan hamkorlikda Namangan viloyati xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari jumladan, Namangan shahridagi 15-, 16-umumta’lim maktablarida “ustoz - shogird” an’analari va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.Seminar ishtirokchilari Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-umumta’lim maktabida “Pazandachilik”, “Tikuvchilik”, “Duradgorlik” va “Oila hamshirasi” to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

“Pazandachilik” to‘garagida 100 nafar, “Tikuvchilik” to‘garagida

200 nafar, “Duradgorlik” to‘garagida 100 nafar “Oila hamshirasi” to‘garagida 50 nafardan ziyod o‘quvchi-yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish barobarida mazkur kasblar sirlarini qunt bilan o‘rganib, mahoratini oshirayotgani barchaning e’tiborini tortdi.

Shuningdek, maktab bitiruvchilarini ishga joylash bo‘yicha "Art soft klaster" korxonasi bilan ikki tomonlama shartnoma imzolangan.

Maskandagi 113 nafar bitiruvchilarning aksariyati oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun muntazam qo‘shimcha darslar bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Namangan shahridagi 16-umumta’lim maktabida ota-onalar tashabbusi bilan, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun yo‘lga qo‘yilgan tikuvchilik korxonasi qizg‘in faoliyat olib bormoqda.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “ustoz - shogird” an’analari borasida namunali ish olib borayotgan ustozlar taqdirlandilar. Bu boradagi Namangan tashabbusini keng miqyosda ommalashtirish ko‘zda tutildi.

Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

08:08

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING