Namangan shaharidagi 86-sonli Axborot texnalogiyalariga ixsoslashtirilgan tayanch maktabi






Namangan shaharidagi  86-sonli Axborot texnalogiyalariga ixsoslashtirilgan tayanch maktabi 0





Namangan shahar 86-sonli Axborot texnalogiyalariga ixsoslashtirilgan tayanch maktabiga 2021-yil 17-fevral kuni Ilgari Spot Hindistondagi “Amity” yetakchisi oliy o’quv yurtining Toshkent shahridagi filialining rektori Abdullayev Bobur tashrif buyirdi. Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.Tashrifdan maqsad 86-sonli axborot texnalogiyalariga ixsoslashtirilgan tayanch maktabi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Abdullayev Bobur maktab o‘quvchilari, maktabda yaratilgan shart sharoitlari bilan tanishdi, o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi. Maktab bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yildi. “Amity” universiteti malakali o‘qituvchilari hamkorligida o‘quv seminari tashkil qilinishi kelishib olindi.

Axborot texnalogiyalariga ixsoslashtirilgan tayanch tayanch maktab Informatika o‘qituvchilari “Amity” universitetida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, bundan tashqari “Amity” universiteti o‘quv seminarlarida maktab doimiy ishtirok etish imkoni berildi. Bitiruvchi o‘quvchilar “Amity” universitetiga o‘qishga topshirishlari kelishib olindi.

Bundan tashqari INHA universiteti rektori Djalalov Muzaffar Muhitdinovich maktabga tashrif buyirdi INHA universiteti bilan ham ingiliz tili o‘qtuvchilarini malakasini doimiy oshirib borish, ZOOM orqali o‘quv seminarlar tashkil etish kelishib olindi, hamkorlik o‘rnatildi.

16:06

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING