​XALQ TA’LIMI VAZIRI NAMANGAN TUMANIDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI O‘RGANIB, BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILAR






​XALQ TA’LIMI VAZIRI NAMANGAN TUMANIDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI O‘RGANIB, BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILAR 0





XALQ TA’LIMI VAZIRI NAMANGAN TUMANIDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI O‘RGANIB, BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILARI BILAN SUHBATLASHDI

Bugun ertangi kun uchun munosib poydevor qo‘yish, o‘quvchi-yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga har jihatdan qulay imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berish dolzarb masalalardan. Maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, bitiruvchi o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish, dars jarayonlarini kuzatish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish hamda pedagoglarning bilim-salohiyati va faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Namangan tumanidagi umumta’lim maktablarida bo‘ldi.

1035 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida vazir 9-sinfdagi ingliz tili darsida qatnashib, savol-javoblar orqali o‘quvchilarning bilimini sinovdan o‘tkazdi. Informatika xonasi ko‘zdan kechirilib, bolalarni dasturlashga qiziqtirish, darsdan tashqari to‘garaklar tashkil etish, marketing tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sport zal, informatika, kutubxona faoliyati o‘rganildi. Sherzod Shermatov maktabda infomatika xonasidan tortib o‘qituvchilar xonasigacha yetib borgan yuqori tezlikdagi internet tarmog‘ini yuqori baholab, bunday yaratilgan shart–sharoitdan o‘quvchiyu o‘qituvchilar oqilona va samarali foydalanishlari zarurligini ta’kidladi. 11-sinf o‘quvchilari bilan suhbatda ularning istiqboldagi maqsadlari, qaysi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishni tanlaganliklariga e’tibor qaratdi.

Bitta sinfdan 4 nafar bitiruvchi muddatidan avval oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lgani, Otabek Usmonov Janubiy Koreyaning nufuzli universitetiga qabul qilingani hamda uni darslardan bo‘sh paytida yoshlarga koreys tilidan qo‘shimcha mashg‘ulot o‘tib, bu orqali oyiga 4.5 mln. so‘m daromad topayotganini alohida e’tirof etdi.

O‘tgan o‘quv yilida maktabdagi 56 nafar bitiruvchidan 9 nafari OTMlarga kirgan. O‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan suhbatda maktabni “sariq” toifadan “yashil” toifaga o‘tkazish, o‘quvchilar bilan jiddiy va samarali ish tashkil qilish, bitiruvchilarni OTMlarga yo‘naltirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Har ikkala maktabning eng a’lochi o‘quvchilariga Xalq ta’limi vaziri kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

10:11

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING