​XALQ TA’LIMI VAZIRI NAMANGAN SHAHRIDAGI 26-SONLI MЕHRIBONLIK UYIDA BO‘LDI






​XALQ TA’LIMI VAZIRI NAMANGAN SHAHRIDAGI 26-SONLI MЕHRIBONLIK UYIDA BO‘LDI 0





Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Namangan shahridagi 26-sonli mehribonlik uyida bo‘lib, ushbu dargohda tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning hayoti hamda ularga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif asnosida ta’lim-tarbiya jarayonlari, informatika, kutubxona, o‘quv, ijod va to‘garak xonalari faoliyati ham e’tiborda bo‘ldi.

Ijodkor o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning ijod mahsuli bo‘lgan san’at namunalarini ko‘zdan kechirdi. Muassasa kutubxonasiga badiiy adabiyotlar to‘plamlari hamda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sport jihozlari topshirildi.

Vazir tarbiyalanuvchilarning taklif va istaklari bilan qiziqib, ularning kelgusi hayoti, o‘qish va izlanishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir so‘nggida bolajonlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi.

Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmatini

09:33

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING