​UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘ TOPISH BORASIDAGI TASHABBUSLARI AMALIY JARAYON






​UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘ TOPISH BORASIDAGI TASHABBUSLARI AMALIY JARAYON 0





UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘ TOPISH BORASIDAGI TASHABBUSLARI AMALIY JARAYONLAR BILAN UYG‘UN O‘RGANILDI

Umumta’lim tizimida moddiy-texnik bazani mustahkamlash va yosh avlodni ezgu tashabbuslarga, ijtimoiy-foydali mehnatga yo‘naltirish hamda ularda kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirishda turli faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yish, ya’ni budjetdan tashqari mablag‘lar topish borasidagi sa’y-harakatlar muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham sohada bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Namanganda ham mazkur yo‘nalishdagi amaliy jarayonlar izchil olib borilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari Zuhriddin Shodmonov, Dilyor Ganiyev hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vakillari Namangan shahridagi 1-DIMI, Yangi Namangan tumanidagi 86-axborot texnologiyalariga ihtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi hamda Chortoq tumanidagi matematikaga ihtisoslashtirilgan 48-umumta’lim maskanlarida bo‘lib, ushbu muassasalarda budjetdan tashqari mablag‘ topish borasidagi tashabbuslar, informatika sinflarining yozgi ta’til davomida pullik xizmat ko‘rsatishi, kutubxona va sport zallarining moddiy texnik bazasi bilan tanishdilar.

Xususan, 1-DIMIda repetitorlik bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar daromadining bir qismi, ekin maydonidan olinayotgan daromad maktab ta’miri uchun yo‘naltirilayotgani quvonarli.

Chortoq tumanidagi 48-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun pazandachilik to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, 30 nafar o‘quvchi-qizlarning mustaqil tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari va oila daromadiga hissa qo‘shishlariga xizmat qilmoqda. Yangi Namangan tumanidagi 86-axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida ham yozgi ta’til vaqtida 150 nafar o‘quvchilar IT sinflari hamda yuqori tezlikdagi internetdan foydalangan holda bilimlarini boyitish, ma’lumotlar olishda unumli foydalanmoqdalar. Bu esa maskanning budjetdan tashqari qariyb 5 mln. so‘m sof daromadga ega bo‘lishini anglatadi. Mazkur mablag‘ ta’lim dargohidagi malakali pedagoglarga rag‘bat tarzida beriladi.

Ilm dargohlarining budjetdan tashqari mablag‘ topishida yanada izchil va samarali ish olib borilishi istiqbolda daromad miqdori bir necha barobar ko‘tarilishi xususida so‘z yuritilib, bu borada aniq vazifalar belgilab olindi.

Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

07:09

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING