​NAMANGANDA XALQ TA’LIMI VAZIRI O‘RINBOSARI BOSHCHILIGIDAGI ISHCHI GURUHI SOHAGA OID MASALALARNI O‘R






​NAMANGANDA XALQ TA’LIMI VAZIRI O‘RINBOSARI BOSHCHILIGIDAGI ISHCHI GURUHI SOHAGA OID MASALALARNI O‘R 0





Ta’lim istiqboli, yosh avlod kamoli va iqboli hamisha, har qachon eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Binobarin, ta’limsiz istiqbol va taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. 

Sohadagi islohotlar joylarda qay darajada hayotga tatbiq etilmoqda? Amaliy jarayonlar qanday bormoqda? Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov rahbarligidagi vazirlik guruhi vakillari soha hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishish, tizimga oid yutuq va kamchiliklarni o‘rganish maqsadida Namanganda bo‘ldi. Dastlab viloyat xalq ta’limi boshqarmasida ishchi guruhi vakillari ishtirokida viloyat miqyosidagi ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi xodimlarini jalb etgan holda «Zoom» dasturi orqali Erp.maktab.uz elektron platformasiga o‘quvchi va o‘qituvchilar haqidagi ma’lumotlarni joylash masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Vazir o‘rinbosari dastur to‘laqonli faoliyat boshlaganda axborot almashinuvining bir necha barobarga ortishi va samaradorligi xususida so‘z yuritdi. Bu boradagi taklif va mulohazalar tinglandi. Shundan so‘ng xalq ta’limi vazirligining "Zamonaviy maktablarni baholash va sertifikatlash" xizmati boshlig‘i Sardor Rahimboyev hududlardagi maktab direktorlari bilan suhbatlashdi.

Yangi Namangan tumanidagi 86- axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida bo‘lgan vazirlik vakillari yozgi ta’tilda o‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli tashkil etish xususida ko‘rsatmalar berdi.

IT sinflarining ta’til davomida muntazam faoliyat ko‘rsatishiga alohida to‘xtalib, o‘quvchilarga yangi dasturlarni o‘rganish orqali yangicha bilimlarga ega bo‘lishlariga e’tibor qaratildi.Qolaversa, yangi o‘quv yilida viloyatda faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan 13 ta axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan ta’lim maskanlarining direktorlari va informatika fani o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi.

Informatika fani o‘qituvchilarining malakasini bisqichma-bosqich oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Endilikda AKT maktablarida raqamli kutubxona tashkil etilishi, bu o‘quvchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratishi ta’kidlandi.

Kunning ikkinchi yarmida shahar va tumanlar xalq ta’limi bo‘limi mudirlari ishtirokida KPI tizimida olib borilayotgan ishlar samarasi xususida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda vazirlikning strategiya boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Muhammedov savollarga javob berdi.

"Yangi O‘zbekiston yoshlar ziyo maskani" kutubxonasida ta’lim va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishgan 12 nafar o‘g‘il-qizlar taqdirlandi."Yangi O‘zbekiston" loyihasi bo‘yicha uzoq hududda ishlash istagini bildirgan pedagoglar bilan suhbat o‘tkazilib, tushunchalar berildi.

Xalq ta’limi boshqarmasida AKT mutaxassislari bilan o‘tkazilgan seminarda sohaga oid masalalar ko‘rib chiqilib, umumta’lim maskanlarida informatika fani o‘qituvchilarining yuqori darajada savodxonlikka ega bo‘lishlari uchun yaratilayotgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tildi.

Xalq ta’limi vazirligining AKT bo‘limi boshlig‘i Sarvar Butanov o‘z taqdimotida AKT savodxonligini oshirish bo‘yicha tushunchalar berdi.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi innovatsiya texnologiya strategiya markazi bosh mutaxassisi Amrillo Abdusalomov ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi

Axborot xizmati

09:55

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING