20 DAN ORTIQ SAYT VA DASTURLAR YARATGAN NAMANGANLIK O‘QUVCHI LOYIHALARIGA AQSH, JANUBIY KORЕYa, ROSS






20 DAN ORTIQ SAYT VA DASTURLAR YARATGAN NAMANGANLIK O‘QUVCHI LOYIHALARIGA AQSH, JANUBIY KORЕYa, ROSS 0





20 DAN ORTIQ SAYT VA DASTURLAR YARATGAN NAMANGANLIK O‘QUVCHI LOYIHALARIGA AQSH, JANUBIY KORЕYa, ROSSIYADA QIZIQISH KATTA

Yangi O‘zbekistonning bugungi odimlarida yosh avlodni zamonaviy ilm-fan bilan oshno yangicha yondashuvlar, tashabbuslar va startap loyihalar va g‘oyalar bilan kelajak sari dadil va shahdam odimlashlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Yaratib berilayotgan imkoniyatlar, qulaylik va shart-sharoitlarni ayni muddao bilgan yoshlarning intilishlari hamda ular zabt etayotgan marralar ham shunga monand.

Namangan shahridagi 2-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 9-sinf o‘quvchisi Umar Ulforiq Rustamovning 10 yoshidan buyon kompyuter va axborot texnologiyalariga qiziqishi baland. Qat’iy ahd va maqsadga aylangan ana shu qiziqish yo‘lidagi izlanish va intilishlar natijasida 14 yoshidan dasturlar bo‘yicha ishlash va saytlar yaratish bilan professional faoliyat sifatida shug‘ullanib keladi. Veb saytlar ustida ishlash va dasturlar yaratish bo‘yicha o‘quv markazlarida bilim va salohiyatini oshirgan Umar Ulforiq hozirga qadar yaratgan saytlar soni yigirmadan ortib ketdi.

U yaratayotgan loyihalar buyurtmachilari, asosan, Rossiya federatsiyasida. Qolaversa, ayni paytga qadar Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tushgan bitta, Janubiy Koreyadan tushgan 2 ta buyurtma bo‘yicha saytni takomillashtirish va yangidan yaratib berishni samarali bajargan yosh dasturchiga yirik loyihalar bo‘yicha ham hamkorlik takliflari bo‘lib turadi. Xususan, Rossiyadagi turistik agentlik buyurtasiga ko‘ra u yaratgan muvaffaqiyatli loyiha uchun buyurtmachilar tomonidan 6700 AQSH dollari miqdorida haq to‘langan.

- Har bir saytni yaratish ustida hajmiga qarab 15 – 20 kundan, yirik loyihalar bo‘yicha 2 – 3 oygacha ishlaymiz, - deydi IT loyihalar bo‘yicha muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan Umar Ulforiq Rustamov. – Dasturlar, loyihalar, saytlarni yaratish va animatsiyalar bo‘yicha Adobe xd, Premiere pro kabi dasturlardan foydalanamiz. Dastlabki paytlarda o‘zim mustaqil o‘rgangan bo‘lsam va satlarni bir o‘zim yaratgan bo‘lsam ayni paytda 6 kishilik jamoa bilan ish olib boryapmiz. Ularning barchasi 7-, 11-sinf o‘quvchilari, shuningdek onlayn qiziquvchilar ham loyihalarimizni yaratish borasida ishtirok etadilar va kuzatadilar.

O‘z oldiga ulkan niyat va maqsadlarni qo‘yib, istiqbol sari dadil qadam tashlayotgan yosh dasturchining bugungi faoliyati e’tibor va e’tirofga loyiq. Frilansing bo‘yicha faoliyat yuritish barobarida startap loyihalar ustida ishlayotgan tengdoshingiz oyiga 500 – 600 AQSH dollari miqdorida daromad qilmoqda. E’tiborlisi, u ayni paytgacha qilgan o‘z daromadi hisobidan oilasi uchun “Jentra” avtomashinasi ham oldi.

U rus, turk, arab, ingliz tillarini mukammal biladi. “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” va “Startap tashabbuslar” tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan U. Rustamov kelajakda o‘zining IT sohasida biznes faoliyatini yanada rivojlantirib, yirik loyihalar, dasturlar bo‘yicha ish olib borishni maqsad qilgan.

Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

15:39

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING