Mingbuloq tumanidagi 13-DIMIni tamomlagan bitiruvchilar100 foizi xorijiy OTMlar talabasi bo'lishdi.






Mingbuloq tumanidagi 13-DIMIni tamomlagan bitiruvchilar100 foizi xorijiy OTMlar talabasi bo'lishdi. 0





25 nafari IELTS tanlovida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, sertifikatni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 5 nafari Milliy sertifikat – CEFRga ega bo‘ldi.

O‘quvchilardan biri “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sohibi bo‘lib, AQSHning Arizona shtatidagi universitetga talabalikka qabul qilingan bo‘lsa, yana biri KIUF olimpiadasida 12800 dollar miqdoridagi grant yutib olib, Koreya universiteti talabasi bo‘ldi.

Ushbu iqtidorlilar ilm maskani bitiruvchilari endilikda AQSHning Florida texnologiya universiteti, Alfred, Nebraska universitetlari, Rossiya Sinergiya universiteti, Birlashgan arab amirliklari, Buyuk Britaniya kabi davlatlardagi nufuzli dargohlarda oliy ta’limni egallaydilar.

                                      Namangan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi.

13:40

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING