Namangan viloyatidagi Bolalar kutubxonasi yozgi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning eng sevimli mas






Namangan viloyatidagi Bolalar kutubxonasi yozgi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning eng sevimli mas 0





QARIYB 100 MING DONA KITOB FONDIGA EGA VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI O‘QUVCHILARNING BO‘SH VAQTINI SAMARALI O‘TKAZISHGA XIZMAT QILMOQDA

Namangan viloyatidagi Bolalar kutubxonasi yozgi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning eng sevimli maskanlaridan biriga aylangan.

Muassasa jami 98970 dona badiiy adabiyotlar fondiga ega. 22554 dona elektron kitoblar esa kitobsevar o‘quvchilar tafakkurini yuksaltirishda keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Bundan tashqari, ingliz tili, rus tili, maktabga tayyorlov, AKT to‘garaklarida 200 dan ziyod yoshlar bilimlarini oshirayotgani e’tiborli.Ma’rifat dargohida ayni paytda 8 ta bo‘limda 36 nafar xodim samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Viloyatdagi mavjud 8 ta yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga 24812 dona badiiy adabiyotlar yo‘naltirilgan. Ziyo maskani 5418 nafar o‘quvchilarni qamrab olgan. Kunlik qatnov 160 - 180 nafarni tashkil etmoqda.

Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

08:18

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING