Namangan viloyat xalq-ta'limi boshqarmasi boshlig'ining Aziz ustoz-muallimlarga Murojaatnomasi.






Namangan viloyat xalq-ta'limi boshqarmasi boshlig'ining Aziz ustoz-muallimlarga Murojaatnomasi. 0





Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Rustamjon Isroilovning axborot makonidagi jarayonlar yuzasidan viloyatda xalq ta’limi tizimi xodimlari, ustoz-muallimlar hamda keng jamoatchilik vakillariga.

M U R O J A A T I

Bugun media maydonida sodir bo‘layotgan jarayonlar shiddatkor davr odimlari hamda axborot asriga hamohang tarzda kechmoqda. So‘z erkinligi ifodasini ijtimoiy tarmoqlarda yoritilayotgan murojaatlar, munosabatlar, mulohazalar ommaviy axborot vositalarining barcha turlarida yoritilayotgan materiallarda yaqqol ko‘rish mumkin.

Binobarin, ochiqlik bor joyda jamiyat hayoti oynadek aks etadi, hayotimizdagi, jamiyatimizdagi, atrofimizdagi muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar ro‘yi-rost ko‘zga tashlanadi. Bu esa, o‘z-o‘zidan ularning yechimlariga, kamchiliklarni bartaraf etib, ilgari odimlashga, barcha jabhalar faoliyati xalqimizning ko‘z o‘ngida shaffofdek namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi.

Prezidentimiz so‘z erkinligi demokratiya ifodasi ekanligini bildirib, ochiqlik siyosatini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Bugun mamlakatimizdagi demokratik jarayonlarga uyg‘un barcha ochiqlik, oshkoralik, fikrlash va so‘z erkinligidan bahramand. O‘z so‘zini istagan axborot makoni, maydoni orqali chiqib, bir so‘z bilan aytganda, istagan minbardan turib aytishga haqli. Murojaatlar, takliflar, arizalar, shikoyatlar va ularga munosabat bugun har qachongidan yuksak desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Ammo ochiqlik va oshkoralik so‘z mas’uliyatini unutish, axborot olish va tarqatish huquqini suiiste’mol qilish, har kim, qachon nimani xohlasa, ko‘ngli tusaganida aytaverish degani emas. Ming afsuski, so‘z va fikrlash borasidagi erkinliklarni o‘zicha talqin qilayotganlar, o‘zicha tushunayotganlar, ochiq aytish kerakki, bundan o‘z g‘araz maqsadi, manfaati yo‘lida foydalanayotganlar ham uchramoqda, ko‘plab topilmoqda, asossiz, isboti yo‘q axborot tarqatishni kasb qilib olganlar bisyor.

Ijtimoiy tarmoqlarda, media vositalarning barcha turlari orqali ta’lim tizimi, umumta’lim maktablari hayoti va faoliyati, ularga oid ko‘pdan-ko‘p chiqishlar, materiallar, videomurojaatlar, lavhalar yoritilmoqda.

Bu tabiiy hol. Chunki axborot asrida yashayapmiz. Ta’lim sohasi farzandlarimizning ertangi kamolini, yurt istiqbolini belgilar ekan, biz hamisha to‘g‘ri va asosli tanqidiy-tahliliy chiqishlar tarafdorimiz, hatto buni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu bois ham OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarning qay bir shakli bo‘lmasin yoritilgan sohaga oid materiallar bizning e’tiborimizda, diqqat bilan o‘rganib, tahliliy ko‘rib chiqiladi, muhokamalar o‘tkaziladi. Ammo ana shu jarayonda o‘rganilayotgan ko‘plab materiallar, murojaatlar, videohavolalar, chiqishlar asossiz, ularda keltirilganlar quruq iddao va vajlardan iborat bo‘lib chiqmoqda.

AZIZ O‘QITUVCHI-MURABBIYLAR, QADRLI USTOZLAR!

Biz yangilanishlarga daxldor, jamiyatni o‘zgartirishga mas’ul soha kishilari ekanmiz, barchaga ibrat va o‘rnak bo‘lishni, avvalo, o‘zimizdan boshlashimiz kerak, OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatlar bilan chiqishda boshqa soha vakillariga namuna bo‘lishimiz zarur va shart!

Unutmasligimiz kerakki, asoslilik, haqqoniylik, xolislik va so‘z mas’uliyati ustuvor bo‘lgan chiqishlar, albatta, sohamizdagi, xususan, jamiyatdagi jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, asossiz, o‘rganilmagan, dalil va faktlarga tayanmay qilingan chiqish, u videomurojaat bo‘ladimi, yoki axborotning boshqa shaklimi, aksincha holatga xizmat qiladi.

Buning uchun, ya’ni tuxmat va bo‘xton, uydirma tarqatishdan iborat axborotni havola etganlik uchun qonunchilikda tegishli jazo choralari belgilangan. Shunday ekan axborot makoni va maydonida shaffoflik, xolislik, haq so‘z va haqiqat ustuvor bo‘lishi uchun o‘zimiz o‘rnak bo‘lib, o‘zimiz namuna bo‘lib, ibrat ko‘rsatishimiz zarur va shart!

AZIZ ZAMONDOSHLAR, KЕNG JAMOATCHILIK VAKILLARI!

Bugungi mediamakon ta’siri va imkoniyatlari kengayib borayotganidan o‘z-o‘zicha foydalanib, g‘araz maqsad va manfaatiga erishishni ko‘zlovchilarni uchratyapmiz.Daxldorlik tuyg‘usini har birimiz dilimizga jo etishimizni, qaysiki, nohaqlik, tuxmat va asossiz shov-shuvlar ketidan haybarakallachilik bilan ergashmasligimiz darkor.

Ta’bir joiz bo‘lsa, bu demokratiya ortidagi “qahramon”larga o‘rni kelganda to‘g‘ri so‘zni aytish va davlatimiz rahbarining iqtidori va kuchli irodasi bilan borayotgan adolat yo‘li, haqiqat yo‘li, istiqbol yo‘li ahamiyati, mohiyatini anglatishdan chetda turmasligimiz kerak.

Zotan, so‘z kuchi, so‘z qudrati, qadri, mas’uliyatini suiiste’mol qilishga hech birimiz haqli emasmiz.

16:40

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING