NAMANGANDA PREZIDENTIMIZNING OLIY MAJLISGA YO‘LLAGAN MUROJAATNOMASI QIZG‘IN O‘RGANILMOQDA.






NAMANGANDA PREZIDENTIMIZNING OLIY MAJLISGA YO‘LLAGAN MUROJAATNOMASI QIZG‘IN O‘RGANILMOQDA. 0





2020-yil 29-dekabr kuni prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llagan edi. An’anaga aylanib qolganidek, mazkur murojaatnomada yurtimizning 2021-yilgi ustuvor odimlari , el-yurt ravnaqi, xalqimiz faraovonligi va taraqqiyoti bilan bog‘liq eng muhim va dolzabr vazifalar belgilab berildi. Yurtboshimizning mazkur murojaatnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida, viloyat va tumanlarda bo‘lganidek, Namanganda ham katta qiziqish bilan kutib olindi. Viloyatning shahar va tumanlarida murojaatnoma qizg‘in o‘qib o‘rganilayotgani, u bilan bog‘liq istiqboldagi muhim vazifalar belgilab olinayotgani ham shuning ifodasidir. Xususan, viloyat xalq ta’limi boshqarmasida ham murojaatnomani o‘qib-o‘rganish hamda murojaatnomadan kelib chiqib vazifalarni belgilashga qaratilgan majlis o‘tkazildi.

Unda prezidentinimizning ta’lim sohasiga ilm-ma’rifatga, sohada sifat va samaradorlikni oshirishga qaratilgan o‘rinlar asosiy diqqat markazida bo‘ldi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Rustamjon Israilov mazkur murojaatnoma ta’lim tizimida xalqimiz uchun manfaatli bo‘lgan qator takliflar borligi bilan ahamiyatliligi, uning mazmun-mohiyati, milliy ta’lim tizimi, o‘qituvchilar obro‘-nufuzini oshirish borasida amalga oshiriladigan ishlar yangi bosqichga olib chiqilishi, ta’lim tizimida bir qator qulayliklar yaratilishi xususida so‘z yuritib, bir qator rivojlangan davlatlarning tajribasi ta’lim tizimimizda keng o‘rganilib, qo‘llanishini alohida aytib o‘tdi. 

Murojaatnomadan kelib chiqib “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida ish tashkil etish, jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish, o‘qituvchilarni kasbiy mahoratini oshirish va ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish, maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish, barcha fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha viloyat “Fanlar akademiyasi” tashkil etish va unda olimpiada g‘oliblari va tajribali fan o‘qituvchilarini jamlash, “Namangan tajribasi” sifatida ularning bilim va tajribalaridan ta’lim tizimida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda mutasaddilarga vazifalar qo‘yilib, yo‘l xaritalari belgilandi . Murojaatnomani o‘rganishga qaratilgan tadbirlarning galdagisi Namangan shahridagi 1- DIUM da tashkil etildi. Unda maskanning barcha pedagoglari ishtirok etib, iliq fikrlar bildirishdi.

Shuningdek, islohotlar kelajagimiz egalarining yuksak bilim sohiblari sifatida yurt ravnaqi, vatan taraqqiyoti uchun kamarbasta bo‘lishlaridek ezgu maqsadga yo‘naltirilgani ta’kidlandi. Qolaversa, tizimda amalga oshiriladigan bir qator islohotlar pedagoglarning yanada kuchliroq izlanib yangi marralarni egallashlari uchun ayni muddao ekani ularni quvontirdi. Mana shunday tadbirlar bugun viloyatning barcha ta’lim maskanlarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

15:16

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING