​MAKTAB O‘QITUVCHILARI NAMANGAN MUHANDISLIK-TЕXNOLOGIYA INSTITUTIDA MALAKA OSHIRMOQDA!






​MAKTAB O‘QITUVCHILARI NAMANGAN MUHANDISLIK-TЕXNOLOGIYA INSTITUTIDA MALAKA OSHIRMOQDA! 0





O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida fizika va chet tili fanlariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlangan edi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti jamoasi ham davlat rahbarining bu boradagi fikrlardan ruhlandi. Institutda ushbu fanlarni chuqurlashtirilgan tartibda o‘qitish borasida izlanishlar boshlab yuborildi.

Qishki ta’til vaqtlarida Namangan muhandislik texnologiya instituti qoshidagi akademik litseyi va institutga biriktilgan Namangan shahridagi umumta’lim maktablarining 4 tasi 17, 29, 39, 44- maktablar hamda Mingbuloq tumanidagi 48-maktabning fizika fani o‘qituvchilari oliy ta’lim muassasasida malakalarini oshirmoqda.

Institut axborot xizmati rahbari Ma’murjon Ergashevning xabar berishicha, ushbu loyiha orqali litsey va maktablarda fanni o‘rgatish jarayonlarini yanada osonlashtirish va ta’lim sifatini oshirish reja qilingan

16:27

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING