​Sherzod Shermatov, Xalq ta’limi vaziri AOKAdagi brifingda.






​Sherzod Shermatov, Xalq ta’limi vaziri AOKAdagi brifingda. 0





Sherzod Shermatov, Xalq ta’limi vaziri:

«Ayrim maktablarimizda ta’lim sifati yuqori bo‘lib, hamma ota-onalar o‘sha yoqqa intiladi. Biz maktablar darajasi bo‘yicha grafik qilganmiz: qizil, sariq va yashil maktablar.

«Qizil maktablar» — ta’lim sifati juda past bo‘lgan maktablar. Oldimizga qo‘ygan vazifamiz — «qizil maktablar» sonini kamaytirish. Murojaatnomada ta’lim sifatini oshirish mexanizmi ham ochib berildi.

Ya’ni boshqa tumandan «qizil maktab»ga borib ishlagan o‘qituvchilarga 50% ustama, boshqa viloyatdan borib ishlashda 100% ustama berish masalalari Murojaatnomada qayd etildi. Bu respublikadagi 10 mingdan oshiq maktabning o‘z ustida ishlashiga stimul bo‘ladi.

«Qizil maktablar»da o‘z ustida ishlamasligining sababi — men ishlamasam, bu yerda ishlashga hech kim bo‘lmaydi, degan xomxayollarning mavjudligi bo‘lgan.

Hozir o‘zbek maktablarida o‘qituvchi yetarli. Respublika bo‘yicha pedagogik stavka va haqiqiy o‘qituvchilar farqini taqqoslaganda 80 mingdan ziyod ortiqcha ishlab turgan o‘qituvchilar bor».

AOKAdagi brifingdan

07:30

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING