​NAMANGANDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI CHUQURLASHTIRIB O‘QITISHGA IXTISOSLASHTIRILGAN






​NAMANGANDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI CHUQURLASHTIRIB O‘QITISHGA IXTISOSLASHTIRILGAN  0





Ertangi kun egalarining intellektual salohiyatli va serqirra bo‘lishlari, har bir yo‘nalishdagi bilimlarni puxta egallashlari zamirida IT bilan bog‘liqlikning ahamiyati katta. 

Xususan bugun yoshlarning kompyuter va umuman olganda axborot texnologiyalari bilan uzviylikda tahsil olishlarini yanada takomillashtirish, IT sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida 2020 yil 6 oktabrdagi PQ - 4851 – son qaroriga asosan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining respublika tuman(shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ihtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga binoan 2020-2021- o‘quv yilida Namangan shahridagi 86-umumta’lim maktabi Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘tishga ihtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi sifatida ilk qaldirg‘ochlarni o‘qitishni boshlashi nazarda tutilgan. 

Namangan davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi bilan aloqa o‘rnatilib, malakali kadrlar bilan ta’minlash borasida samarali ishlar olib boriladi.

Mazkur ta’lim maskanida viloyatning barcha hududlaridan jami 76 nafar 5-sinf o‘quvchilaridan iborat o‘g‘il-qizlar Davlat test markazi tomonidan sinovdan o‘tkazildi. Sinov natijalariga ko‘ra 30 nafar saralab olingan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus sinfi sifatida tahsil oladilar. 

Ushbu sinfni kompyuter jihozlari bilan ta’minlash, moddiy –texnik bazani mustahkamlash uchun “UMS” MCHJ tomonidan 590 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

10:27

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING