Namangan viloyati To`raqo`g`on tumani bolalar o'smirlar o`rtasida sport musobaqasi bo`lib o`tdi






Namangan viloyati To`raqo`g`on tumani bolalar o'smirlar o`rtasida  sport musobaqasi bo`lib o`tdi 0





Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi bilan xamkorlikda “O‘quvchi–yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot – texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish, o‘quvchi–qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi 66–sonli buyrug‘ining 2 tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 14-yanvar “Vatan ximoyachilar kuni”ga bag‘ishlab joriy yilning 13 yanvar kuni To‘raqo‘rg‘on tuman 13-maktabda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktabi birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musoboqada viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining Shaxmat to‘garak a’zolari ishtirok etib 7-9 yoshlar o‘rtasida Ravshanov Saidakbar, 16-14 yoshlar o‘rtasida Nasriddinov O‘lmasbeklar faxirli 1-o‘rinni egalladilar, hamda 10-11 yoshlar o‘rtasida Tursinnazarov Kamronbek faxirli 2-o‘rin, 14-15 yoshlar o‘rtasida Topolov Daniel faxirli 3-o‘rin, 16-17 yoshlar o‘rtasida Abdurazzoqov Shojaxon 3-o‘rinlarni egallashdi. G‘olib o‘quvchilarga bolalar-o‘smirlar maktabining diplom va medallar hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

15:58

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING