​TO‘RAQO‘RG‘ON TUMANIDAGI MAKTABLARDA HARBIY QISM BILAN HAMKORLIKDA VATAN HIMOYACHILARI KUNIGA BAG‘I






​TO‘RAQO‘RG‘ON TUMANIDAGI MAKTABLARDA HARBIY QISM BILAN HAMKORLIKDA VATAN HIMOYACHILARI KUNIGA BAG‘I 0





Kelajagimiz egalarini ertangi kunga munosib, ona yurtni sevib-ardoqlaydigan harbiy vatanparvarlik ruhida kamol toptirish muhim va ustuvor vazifalardan sanaladi. 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bu boradagi sa’y-harakatlar butun yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lam kasb etmoqda.

To‘raqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida ham keng nishonlanayotgan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar yuksak ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilmoqda.

Jumladan, tumandagi 22-, 24 -sonli umumta’lim maktablarida tuman hokimligi, tuman mudofaa ishlari bo‘limi hamda Sharqiy harbiy okrugga qarashli 07648-harbiy qism bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan harbiy qism vakillari Vatan tinchligi, yurt osoyishtaligi, sarhadlarimiz daxlsizligini saqlash yo‘lida xizmat qilish yuksak sharaf ekanligi o‘z faoliyatlari asosida ta’kidlab o‘tdilar.

Shunday sharafga munosib bo‘lish uchun yoshlar ilm-fan sirlarini mukammal o‘rgangan holda, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, yovqur va mard bo‘lib ulg‘ayishga chorlandi.

Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

16:23

TAKLIFLARINGIZNI BIZ BILAN BO`LISHING